Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAXOVAT VA KO’MAK - EZGU HARAKAT
2020-05-03 14:50:14 223
Hozirgi pandemiya paytida Qo’shtepa tumanida ishsizlar, yordam va ko’makka muhtoj oilalar har jihatdan qo’llab-quvvatlanmoqda. Shuningdek, "Saxovat va ko’mak" umumxalq harakati doirasida ham ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Qo’shtepa tumani IIB boshlig’i S. Abdullayev 3-sektor hududiga kiruvchi Shahartepa, Langar hamda Borot mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, xonadonlar holatini o’rgandi. Shuningdek, qiyin sharoitdagi va karantin paytida vaqtincha ishlamayotgan hamda ehtiyojmand oilalarga tashrif davomida homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan taqdim qilgan va salkam bir oyga yetadigan un, yog’, makaron, guruch, kartoshka, go’sht, choy kabi 12 turdagi zarur oziq-ovqat mahsulotlari jamlamalari tarqatildi.
Sektor rahbari kun davomida mahalla aholisining yashash sharoiti va mahalla hududidagi imkoniyatlar bilan ham yaqindan tanishdi. Karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolarning oilalarini o’rganish, ularga yordam berish choralarini ko’rish, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlarini ko’zdan kechirdi.
Tashrif davomida sektor rahbari bir nechta xonadonlarda istiqomat qilayotgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini va ularni qiynab kelayotgan muammolarni o’rgandi. Qolaversa, karantin sabab vaqtincha ishsiz qolgan va hyech qayerda ishlamaydigan fuqarolarga ishga joylashga ko’maklashildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.