Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
«SAXOVAT VA KO’MAK» UMUMXALQ HARAKATI TASHABBUSI ATROFIDA BIRLASHAMIZ!
2020-04-28 16:44:12 233
Bugungi koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash o’ta dolzarb masalaga aylandi. Bu murakkab vaziyatni hisobga olib, barcha tomorqalarda 2-3 marta ekin ekish va qo’shimcha hosil olish birinchi darajali vazifa bo’ lishi kerakligi Prezidentimiz tomonidan ham alohida ta'kidlanmoqda.
Qo’shtepa tuman prokurori Madaminbek Shomurodov 2-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, aholi tomorqalaridan foydalanish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib bormoqda.
Madaminbek Shomurodovning sa'y-harakati bilan karantin davrida aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sektor hududida ko’chama savdo do’konlari tashkil etildi. Mazkur “Ko’chma do’kon”lar tomonidan mahallalarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari, ko‘chma dorixona hamda kiyim-kechak yarmarkalari savdosi yo’lga qo’ yildi.
Sektor rahbarining tashabbusi bilan tuman dehqon bozorida arzonlashtirilgan oziq-ovqat va go’ sht mahsulotlari sotilmoqda. Sotuvchilar tomonidan narx-navoning sun'iy oshirilmasligi prokuror tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan «Saxovat va ko’mak» umumxalq harakatiga Qo’shtepa tumani prokuraturasi ham qo’shildi. 2-sektor hududidagi tadbirkorlar tomonidan ajratilgan mablag’lar evaziga oziq-ovqat mahsulotlari olinib, mahallalarda istiqomat qiluvchi o’zgalar ko’magiga muhtoj, ehtiyojmand, boquvchisini yo’qotgan oilalarga tarqatildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati