Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2020-04-23 14:22:24 208
Qo’shtepa tumani hokimi, I sektor rahbari I. Novikov va mutasaddi rahbarlar tomonidan Nurafshon, Yo’ldoshobod, Oqtepa va Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’inlarida aholining shaxsiy tomorqasidan foydalanishi holati o’rganildi.
Tuman hokimi aholining tomorqa yer maydonlaridan qanday foydalanayotganiga alohida e'tibor qaratdi. Tomorqasiga turli qishloq xo’jaligi ekinlarini ekib daromad olishga harakat qilayotgan mehnatkash insonlarning karantin davridagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, o’zining takliflarini berdi.
Shuningdek, tuman hokimi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini o’rganish maqsadida savdo do’konlarida ham bo’ldi. Oziq-ovqat do’konlarini kundalik zarur mahsulotlar bilan ta'minlanganligi va narx-navoni sun'iy oshirmaslik yuzasidan savdo shaxobchalari rahbarlari bilan suhbatlashdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati