Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YERGA MEHR BERGAN KAM BO’LMAYDI
2020-04-21 12:29:45 186
Bugungi koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash o’ta dolzarb masalaga aylandi. Bu murakkab vaziyatni hisobga olib, barcha tomorqalarda 2-3 marta ekin ekish va qo’shimcha hosil olish birinchi darajali vazifa bo’lishi kerakligi Prezidentimiz tomonidan ham alohida ta'kidlanmoqda.
Ayni kunlarda Qo’shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov boshchiligida hamda sektor rahbarlari, barcha mas'ullar, deputatlar, mahalla faollari va jamoat tashkilotlari birgalikda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbusni amalga oshirishga kirishdilar.
Qo’shtepa tuman prokurori, 2-sektor rahbari Madaminbek Shomurodov Kichik beshkapa va O’qchi mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, aholi tomorqalaridan foydalanish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.
Sektor rahbari aholini tomorqa yer maydonlaridan qanday foydalanayotganiga alohida e'tibor qaratdi. Tomorqasiga turli qishloq xo’jaligi ekinlarini ekib daromad olishga harakat qilayotgan mehnatkash insonlarning karantin davridagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, o’zining takliflarini berdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati