Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAQSAD: AHOLIGA QULAYLIK YARATISH
2020-04-09 14:53:37 250
Karantin davrida Qo’shtepa tumanidagi Dehqon bozorida oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxining asossiz oshib ketishiga yo’l qo’yilmaslik bo’yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, narxlarning sun'iy oshib ketishining oldini olish maqsadida tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar bilan muntazam ravishda profilaktika ishlari olib borilmoqda.
Tuman SEOM xodimlari bozor hududi va darvozasida muntazam dezinfeksiya ishlarini olib bormoqda. Bozor hududiga kirib kelayotgan fuqarolarning tana harorati pirometrlar yordamida o’lchanmoqda.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tuman “Dehqon bozori” MCHJ qoshida ko’chma savdo do’konlari ham tashkil etildi. Tumanimiz aholisi ushbu do’konlardan turli hil oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo’lmoqdalar.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati