Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM NARX-NAVO BILAN TANISHDI
2020-04-09 13:54:56 242
Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov va sektor rahbarlari bozordagi ta'minot va oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosini muntazam nazorat qilib bormoqdalar.
Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida tashkil etilgan karantin davrida aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash uchun barcha tadbirlar ko’rilyapti. Narx-navoning asossiz oshib ketish holatlarining oldi olinmoqda.
Tuman hokimi bugun dehqon bozori hamda Yangi do’kon, Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inlaridagi jarayon bilan tanishdi. Karantin davrida dehqon bozorida va oziq-ovqat do’konlarida odamlarning birlamchi ehtiyoji uchun zarur bo’ladigan mahsulotlarning yetarli darajada ta'minlanganligi va narx-navoning asossiz oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik holatlari o’rganilib, sotuvchilar bilan yaqindan suhbat o’tkazildi.
Karantin davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va narxni barqaror ushlab turish tuman hokimligi tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati