Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QADAMING QUTLUG‘ KELSIN, NAVRO‘Z!
2020-03-20 14:20:23 207
Navro‘zi olam qalblarimizda eng inja tuyg‘ularni uyg‘otadi. Inson ongi va tafakkurida umuminsoniy g‘oyalar mavjlanadi.
O‘zbek xalqi bunyodkor xalq. Bu el yaratuvchi el. U toshlarda gulzorlar, bog‘u rog‘lar yaratadi. Bu xalq ezgu niyatlar bilan yerga nihol qadaydi. Farzandi, nabira, evarasi uchun uy quradi. Beshik to‘y, hovli to‘ylar o‘tkazadi. Yaxshi kunimga, bolalarimga deb sarmoya to‘playdi.
Ana shunday bag‘ri butun, orzulari osmon odamlar yashaydi O‘zbekistonda. Tinchlikni non va imon kabi ardoqlaydigan, nafaqat o‘zi uchun, balki butun dunyo uchun, tinchlik so‘raydigan bag‘ri keng, tanti insonlar yashaydi O‘zbekistonda.
Navro‘z mehr-oqibat, xayr-saxovat, o‘zaro hurmat, ahillik, g‘amxo‘rlik, e'tibor va e'zoz tantanasidir.
Navro‘zi olamni nafaqat insonlar, balki zaminu osmon, ona tabiat, jami tiriklik intiq kutadi, shodlanadi, quvonchga to‘ladi.
Bolasini sevadigan, farzandini ardoqlaydigan, dilbandini yeru ko‘kka ishonmaydigan, “Bolam” deb yashaydigan o‘zbek xalqi Navro‘zi olamni kutib olyapti. Unga peshvoz chiqyapti. Qadaming qutluq kelsin, Navro‘z!
Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin! Har kunimiz ezgulik, baxt, iqbol, quvonchga to‘lsin. Navro‘zingiz muborak bo‘lsin!
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati