Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR - KELAJAGIMIZ! ULARNI JINOYAT BOTQOG‘IGA BOTIRMAYLIK
2020-03-09 14:43:00 220
Qo‘shtepa tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 40-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish”ga qaratilgan shuningdek, ushbu hududda yashovchi yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi I. Novikov, tuman prokurori M. Shomurodov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S. Abdullayev, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i S. Abdirasulov, yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, maktab ma'muriyati, Qiyqi MFY faollari, ichki ishlar organlari xodimlari hamda jinoyat sodir etgan yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘z ma'ruzalarida jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelinganligi, inson tinch va xotirjam yashashni hohlashi va tinchlik bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘lishini alohida ta'kidlab o‘tishdi.
Farzand niholga o‘xshaydi. Uni yoshligidan qanday tarbiyalasak, shunday voyaga yetadi. Bunda albatta oila, mahalla, jamiyatdagi muhit muhim ahamiyatga ega. O‘zi, oilasi, xalqi, ma'naviy ildizlari haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lgan bola jinoyat ko‘chasiga qadam bosmaydi. Bunga erishish uchun jamiyatning har bir a'zosi zimmasidagi mas'uliyatni chuqur his etishi, burchini sidqidildan bajarishi lozim.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati