Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 93 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR - KELAJAGIMIZ! ULARNI JINOYAT BOTQOG‘IGA BOTIRMAYLIK

×

 2020-03-09 14:43:00    115

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 40-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish”ga qaratilgan shuningdek, ushbu hududda yashovchi yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi I. Novikov, tuman prokurori M. Shomurodov, tuman Ichki ishlar bolimi boshligi S. Abdullayev, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligi S. Abdirasulov, yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, maktab ma'muriyati, Qiyqi MFY faollari, ichki ishlar organlari xodimlari hamda jinoyat sodir etgan yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda sozga chiqqanlar oz ma'ruzalarida jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelinganligi, inson tinch va xotirjam yashashni hohlashi va tinchlik bolgan joyda baraka va rivojlanish bolishini alohida ta'kidlab otishdi.

Farzand niholga oxshaydi. Uni yoshligidan qanday tarbiyalasak, shunday voyaga yetadi. Bunda albatta oila, mahalla, jamiyatdagi muhit muhim ahamiyatga ega. Ozi, oilasi, xalqi, ma'naviy ildizlari haqida yetarli tushunchaga ega bolgan bola jinoyat kochasiga qadam bosmaydi. Bunga erishish uchun jamiyatning har bir a'zosi zimmasidagi mas'uliyatni chuqur his etishi, burchini sidqidildan bajarishi lozim.

Qoshtepa tumani hokimligi Axborot xizmati