Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA BIR KUN!
2020-02-27 15:20:30 221
2020 yil “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”
Bu - ilm-ma'rifatni yuksaltirish, bilimdon, yuqori salohiyatli yoshlarni tarbiyalash ekanligini yanada chuqurroq anglatadi. Shu sababli, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish hammamiz uchun uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot-texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart.
Qo‘shtepa tuman Davlat xizmatlari markazida tumandagi 48-umumta'lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari kelib, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni bilan tanishdilar. Markaz direktori hamda mutaxassislar ularga davlat xizmatlari hamda markaz faoliyati haqida batafsil ma'lumot berdi.
Fuqarolarga yaratilan sharoitlar va yangi qo‘shilgan xizmatlar to‘g‘risida tushunchalar olishdi, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va markaz xodimlari tomonidan o‘quvchi-yoshlarga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Bitiruvchilarga oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun DXM orqali hujjat topshirishning afzallik tomonlari tushuntirildi. O‘quvchilarning davlat xizmatlari markaziga qilgan sayohatlaridan mamnun bo‘ldilar.
Qo‘shtepa tumani davlat xizmatlari markazi