Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BESHTA TASHABBUS - BESHTA IMKONIYAT” TADBIRI O‘TKAZILDI

×

 2020-02-26 13:33:03    230

PDF yuklash
Chop etish


OILA, MAHALLA HAMDA TA'LIM MUASSASASI HAMKORLIGI JUDA MUHIM

2019 yil 19 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi «Yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida»gi ma'ruzasida ko‘rsatilgan 5 ta tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Yurtboshimizning videoselektor yig‘ilishidagi ma'ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash, oila, mahalla hamda ta'lim muassasasi hamkorligini oshirish maqsadida Qo‘shtepa tumani XTBga qarashli 49-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 9-“D” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Beshta tashabbus - beshta imkoniyat” nomli tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu tadbir Qo‘shtepa tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda maktab rahbarlari va o‘qituvchilar, ota-onalar hamda Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari N. Otabekov ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan N. Otabekov, maktab direktori S. Ortiqov, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh. Akbarovlar  yoshlarning turli diniy oqimlarga kirib qolishini oldini olish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Yosh avlodni tarbiyalashda, uni barkamol shaxs etib tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamjihatlikda ish olib borib, ayrim  muammolarni hamkorlikda yechishga chaqirdilar. Ota-onalarning ayniqsa, onaning oilada, farzand tarbiyasida roli katta ekanligi, maktabda sinfdan tashqari olib borilayotgan to‘garaklarda o‘quvchilarning ishtirokini ta'minlashda ota-onalar nazoratini kuchaytirilishi muhim ahamiyat kasb etilishi alohida takidlab o‘tildi.

Qoshtepa tumani hokimligi Axborot xizmati