Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga MUNOSABAT
2020-02-18 09:55:39 222
Joriy yilning 14 - fevral kuni @sizdantelegram ijtimoiy tarmog‘i orqali “Gavjum yo‘l o‘zboshimchalik bilan egallab olindi” sarlavxasi ostida xabar tarqatildi.
Unda aytilishicha, “Qo‘shtepa tumani, Loyson mfy, Dilkash va Hamjixatlik ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l, shu yerlik oila tomonidan o‘z boshimchalik bilan egallab olingan va bu yerga terak ko‘chatlari ekilgan” - deya shikoyat qilingan.
Xalq deputalari Qo‘shtepa tumani Kengashiga 27-Loyson saylov okrugidan saylangan deputat A.Qodirov, Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari B.Qurbonov, Qo‘shtepa tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari J.Qosimov, “Yermulkkadastr” tuman bo‘limi rahbari U.Abdullaxojiyev va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda Qo‘shtepa tumani Loyson mahalla fuqarolar yig‘iniga borib o‘rganilganda, haqiqatdan ham, Dilkash va Xamjixatlik ko‘chalarini bog‘lovchi hududda noqonuniy tartibda yer maydoni egallab olinib, ushbu hududga fuqarolar tomonidan terak daraxti ekilganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan holat shu joyni o‘zida bartaraf etilib, barcha noqonuniy ekilgan terak daraxtlari kesib tashlanib yo‘l foydalanish uchun tayyorlab qo‘yildi.