Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Muruvvat ko‘ngildan boshlanadi

×

 2020-01-04 13:22:04    188

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda keksalar va nogironlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash, muammolarini hal etish va hayotdan rozi bo‘lib yashashiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kuni kecha Qo‘shtepa tumanidagi nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni nogironlik aravachasi va boshqa reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash maqsadida tuman hokimi, tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tuman prokurori, tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi hamda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i birgalikda nogironligi bo‘lgan fuqarolarimizni xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar oldilar va ularga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi tarqatildi.


- Bunday e’tibordan juda ham xursand bo‘ldik – deydi Feruzaxonning onasi. – Endi qizim ham yostiqdan bosh ko‘tarib, ko‘chaga chiqa oladi. Tabiat go‘zalliklaridan bahra oladi. Bizga g‘amxo‘rlik qilayotgan yurtboshimizga kattadan-katta rahmat aytamiz.


Xonadon egalari farzandlariga ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun bo‘lib, tashkilotchilarni duo qildilar.