Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yangi binoda qo‘shtepaliklarga sifatli, qulay va tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

×

 2019-12-05 09:50:12    295

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani markazida anʼanaviy arxitektura va xalqaro meʼmoriy dizayn bilan uyg‘unlashgan holda bunyod etilgan davlat xizmatlari markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyat hokimligi, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi, Qo‘shtepa tumani hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar birgalikda tantanali ravishda yangi qurib bitkazilgan davlat xizmatlari markazini tuman ahli ixtiyoriga topshirdilar.

Tantanali ochilish marosimida keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, mahalla faollari, ibratli yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Ochilish marosida so‘zga chiqqan rahbarlar yangi Davlat xizmatlari markazi tuman aholisiga sifatli, qulay va tezkor davlat xizmatlarini ko‘rsatishga imkon yaratishini taʼkidlab, tuman aholisini yangi inshootning ochilishi bilan tabrikladilar.


Ushbu davlat xizmatlari markazi binosi anʼanaviy arxitektura va halqaro meʼmoriy dizayn bilan uyg‘unlashgan holda bunyod etilgan. Fuqaroning navbatga turish vaqtini mazmunli tashkillash maqsadida kutish zaliga alohida eʼtibor bilan yondashilgan. Binoning kiraverish qismida markaz direktori xush kayfiyatda fuqarolarni davlat xizmatlari sohasidagi murojaatini o‘rganib, tegishli oynalarga hamda xodimlarga yo‘naltiradi. Elektron navbat, infokiosk, kutish zali, bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Tashrif buyuruvchi har bir mijoz infolend orqali ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar haqida to‘liq axborot olishi mumkin. Markazda bir vaqtning o‘zida 20 nafar, bir kunda 500 nafar fuqaroga xizmat koʼrsatish imkoniyati mavjud. Xushbichim va o‘ziga xos dizayndagi zamonaviy jihozlangan zalda 3 ta monitorda 130 dan ortiq davlat xizmatlari yuzasidan maʼlumotlar markazga keluvchi fuqarolar uchun taqdim etilgan.


Qo‘shtepa tuman davlat xizmatlari markazi ushbu hududda ko‘p millatli aholiga birdek davlat xizmatlarini ko‘rsatadi. Markaz binosida tadbirkorlar uchun Bosh vazir qabulxonasi ham ish boshladi. Davlat xizmatlari agentligining tashkil etilganligiga 2 yil to‘lishi shodiyonalari hamda 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi bayrami arafasida tuman aholisiga bu yangi bino o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi.