Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Taklif va murojaatlar ijobiy hal etilmoqda
2019-12-04 09:37:39 213
Yangilanib borayotgan O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, ish o‘rni yaratib, ko‘plab oilalar iqtisodi uchun o‘z hissasini qo‘shayotgan ishbilarmon tadbirkorlarimizga davlatimiz rahbari va barcha darajadagi rahbarlar tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi ertangi kunimiz farovonligi va yurtimizning jahon bozoriga o‘z mahsulotlari bilan kirib borishiga imkoniyat yaratmoqda.
Qo‘shtepa tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasida tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish va ko‘mak berish maqsadida tuman hokimi I.V.Novikov raisligida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida tuman hokimi tadbirkorlarning takliflari va murojaatlarini tingladi.
Tadbirkorlarning takliflari qo‘llab-quvvatlanishi, murojaatlarning ijobiy hal etilishi bo‘yicha masalaga dahldor tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.