Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OGOHLIK VA HUSHYORLIK – FAROVON HAYOT GAROVI
2019-11-28 11:21:52 217
Qo‘shtepa tumani markazida joylashgan 15-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish markazi hamda tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, taʼlim muassasalari rahbarlari hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish markazi eksperti Saodatxon Jumanova, voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha viloyat Idoralararo komissiyasi masʼul kotibi Qobuljon Hasanovlar respublikamizda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida narkobiznes va narkomaniya illatlarining tomir otishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida joylarda jamoat nazoratini yanada kuchaytirish, targ‘ibot ishlarini ko‘paytirish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdilar.
Taʼkidlanganidek, boshqa davlatlarga turli yo‘llar bilan kirib borib, ko‘plab oilalarning sog‘ligiga xavf solayotgan ushbu illatga qarshi barchamiz birdek kurashishimiz zarur.