Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan xabarga MUNOSABAT
2019-11-19 15:13:42 419
Sevimli telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali 14 noyabr kuni, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani, Beshkapa qishlog‘idagi namunaviy uylardagi kommunal tizimlardan, jumladan tabiiy gaz tizimidan xonadon egalari norozi ekanligi tasvirlangan xabar efirga uzatildi.
Xabarda 2013 yilda bunyod etilib, aholiga uzoq muddatli kredit asosida sotilgan namunali uylarda yashovchi aholining ko‘rsatilayotgan kommunal idoralari xizmatidan mamnun emasligi, kuz-qish mavsumida isitish tizimlarida muammolar yaqqol ko‘zga tashlanayotganligi bayon etilgan.
Ushbu xabar yuzasidan “Hududgazfarg‘ona” MChJ Qo‘shtepa tuman gaz bo‘limi filiali masʼul xodimlarining maʼlum qilishicha, 2012 yilda tabiiy gaz bor hudud bo‘lganligi uchun filial tomonidan ijobiy xulosa berilgan. Namunali uylarning qurilishi 2013 yildan boshlangan va yil yakuniga qadar qurib bitkazilgan. Shu davr mobaynida “O‘qchi”, “Kichikbeshkapa”, “Kattabeshkapa”, “Qoraqushchi” hududlari tabiiy gaz taʼminoti qoniqarsiz hudud sifatida ro‘yxatga olingan va suyultirilgan gaz balonlariga moslashtirilgan. Ushbu hududlar orasida namunali uylardagi 50 ta xonadon ham bor. Аholi tomonidan qaytadan ariza va murojaat qilinsa, viloyat “Hududgazfarg‘ona” MChJga taalluqli mutaxassislar ishtirokida guruh tuzilib, joy borib o‘rganiladi. Аgar o‘rganish natijalari bo‘yicha ijobiy xulosa taqdim etilsa, tabiiy gaz bilan taʼminlanadi, holat o‘zgarishsiz qolsa suyultirilgan gaz balonlari bilan taʼminlash choralari ko‘riladi.
Maʼlumot uchun tumanda 40 710 ta xonadon mavjud bo‘lib, hozirda 2 000 dan ziyodroq xonadonlar gazlashtirilgan. Qolgan xonadonlar esa grafik asosida suyultirilgan gaz balonlari bilan taʼminlanib kelinmoqda.