Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo'shtepa tumani sport bo'limi: "Olimpia kuni" munosabati bilan o'tkazilgan musobaqa jarayonlari

×

 2019-07-06 13:52:45    142

PDF yuklash
Chop etish


“Olimpiya kuni” Respublikamiz bo‘ylab umummilliy xalq sayli tarzida nishonlanmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad – yurtimiz aholisining turli qatlamini, ayniqsa, yoshlarni mana shunday ezgu g‘oya ostida birlashtirish, ularni sportga jalb etish sanaladi.
6 iyul sanasiga belgilangan mazkur tadbirga tayyorgarlik allaqachon boshlanib ketgani diqqatga sazovordir. Respublikamizning turli hududlarida ushbu kunga bag‘ishlangan ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, Olimpiya harakatini rivojlantirish, Olimpizmning ezgu g‘oyalarini ilgari surish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu tadbirlarda ko‘p sonli yoshlar ishtirok etayotgani barchani quvontirishi tabiiy.

Shu munosabat bilan Qo‘shtepa tumani sport bo‘limi tomonidan,  Qo‘shtepa tumani “Bolalar va  o‘smirlar sport maktabi”da sportning yengil atletika turidan 1000m ga yugurish hamda 100m ga yugurish turlari bo‘yicha musoboqalar tashkillanib o‘tkazildi. Musobaqa qatnashchilari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Qo'shtepa tumani sport bo'limi boshlig'i

G'ulomjon Yo'ldashev