Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

×

 2022-09-08 15:45:54    79

PDF yuklash
Chop etish


Yangi tahrirdagi "Reklama to‘g‘risida"gi Qonun 9-sentyabrdan kuchga kiradi – deya xabar beradi Qo‘shtepa tuman hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova.  

2022-yil 7-iyunda qabul qilingan Qonunning 6-moddasi “Reklamaning tili” bo‘lib, u quyidagicha:  

O’zbekiston Respublikasi hududida reklama O’zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi.

Reklama mazmunining tarjimasi quyidagi talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkin:    

1. Reklama mazmunining boshqa tillardagi tarjimasi matni uning O’zbekiston Respublikasi davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak;    

2. Tashqi reklama orqali joylashtiriladigan reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni O’zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kerak;   

3. Reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi matni harfining o‘lchami O’zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matni harfining o‘lchamidan kichik bo‘lishi kerak.  

"Reklama to‘g‘risida"gi Qonun talablarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 100 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.  

Hurmatli tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subeklar tashqi reklama vositalarini joylashtirishda qonun talablariga rioya etishlaringizni so‘raymiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram