Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’Z ISHINING FIDOIYLARI TAQDIRLANDI

×

 2022-08-31 23:40:31    92

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

Dillarda bayram shukuhi

Qo‘shtepa tumani keyingi yillarda har sohada tubdan o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Hududlarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadal suratlarda davom etmoqda.

Jumladan, tuman markazidagi 4K 859 “Langar Qorakaltak” avtomobil yo‘lining 0,4 km qismi hamda 4K 859a “Qo‘shtepa tumani markazi” avtomobil yo‘lining 0,8 km qismi “Investitsiya” dasturi asosida umumiy uzunligi 1,2 km tuman markazidagi avtomobil yo‘li rekonstruktsiya qilindi.

Loyihani umumiy qiymati 1,8 mlrd.so‘m bo‘lib, avtomobil yo‘li chetiga 1,8 km piyodalar yo‘lagi hamda 1,6 km velosiped yo‘lagi qurildi. 70 dona tungi yoritish tizimi o‘rnatildi. Shuningdek, avtomobil yo‘li chetiga 2.4 km uzunlikda latok (beton) ariqlar o‘rnatildi.

Ushbu bunyodkorlik ishlarida faol mehnat qilayotgan xizmatchilarga mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan alohida e’tibor ko‘rsatildi.

Bugun tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, nuroniylar va mahalla faollari qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. O’z ishining fidoiylariga esa esdalik sovg‘alari topshirildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram