Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI HAQIDA TUSHUNCHALAR BERILDI

×

 2022-08-18 16:27:42    108

PDF yuklash
Chop etish



Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 8 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan 118 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilovchi va ular faoliyatini yagona qoidalar asosida huquqiy tartibga soluvchi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Ushbu qonunning mazmun-mohiyati, qonun bilan davlat xizmatchilari zimmasiga yuklatilayotgan vazifa va mas’uliyatlar, huquq va majburiyatlari yuzasidan Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, tuman hokimining o‘rinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, bo‘lim boshliqlari, mutaxassislar hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida O’zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunini mahalliy hokimiyat va hududiy davlat organlarida targ‘ib qiluvchi ishchi guruh a’zolari tomonidan qonunning mazmun-mohiyati slayd ko‘rinishida taqdimot qilinib, yig‘ilganlarga tushuntirildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan seminarda ishtirokchilar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.  













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram