Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA YANA BITTA OILAVIY BOLALAR UYI OCHILDI

×

 2021-11-26 18:22:13    142

PDF yuklash
Chop etish



Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘ini, Isfayramsoy ko‘chasi, 74-uyda yashovchi Soxibaxon Aminova va uning turmush o‘rtog‘i savobli ishga qo‘l urdi. Ular Marg‘ilon shahridagi Mehribonlik uyidan 5 nafar qizlarni o‘z tarbiyasiga olib, Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. 

Oilaviy bolalar uyi ochilish marosimida Farg‘ona viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi, viloyat va tuman hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.




Tadbir ishtirokchilari xonadon egalariga boshlagan ushbu oliyjanob ishlariga muvaffaqiyat tilagan holda, doimo ko‘makdosh bo‘lishlariga hamda oila a’zosiga aylangan ushbu qizlarning ma’naviyatli va vatanparvar bo‘lib kamol topishlariga ishonch bildirdi.

Xonadon sohiblariga viloyat hokimining esdalik sovg‘alari, qizlarga kompyuter jamlanmalari va turli sovg‘alar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram