Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA “KEKSALAR UCHUN TURIZM OYLIGI” DAVOM ETMOQDA

×

 2021-11-12 21:54:22    117

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan har yili 1 noyabrdan 30 noyabrga qadar “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda Nuroniylar jamoatchilik kengashi tomonidan keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli ijtimoiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, viloyatimizning diqqatga sazavor joylariga sayohatlar uyushtirilmoqda.

Oylik doirasida Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘inidagi bir guruh keksalar va nuroniylar Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasiga va Bog‘dod tumanida yangi barpo etilgan shaharchaga bordilar. Sayoxat davomida keksalar va nuroniylar maroqli dam olib qaytdilar.

“Keksalar uchun turizm oyligi” tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram