Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“KAMRON POYABZAL” OILAVIY KORXONASI MAHSULOTLARI EKSPORT QILINMOQDA
2021-11-01 10:12:32 158
Qo’shtepa tumanidagi “Kamron Poyabzal” oilaviy korxonasi tomonidan “Poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilgan bo’lib, loyihaning umumiy qiymati 5,0 mlrd so’mni tashkil qiladi. Ushbu loyiha ishga tushgach 100 nafardan ortiq aholi ish bilan ta'minlandi.
“Kamron Poyabzal” oilaviy korxonasi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Yiliga 200 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayoni to’liq shu yerning o’zida amalga oshiriladi.
Hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Tojikiston, Qirg’iziston hamda boshqa hamdo’stlik davlatlariga eksport qilinmoqda.
Kelgusida korxona tomonidan mahsulotlar turlarini ko’paytirish hamda qo’shimcha yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.