Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TIL – MILLAT KO’ZGUSI

×

 2021-10-21 16:45:56    170

PDF yuklash
Chop etish



Ma'lumki, yurtimiz bo’ylab har yili 21 oktyabr kuni til bayrami sifatida keng nishonlanib kelinadi. Ushbu sanada ona tilimizga “Davlat tili” maqomi berildi hamda Respublikamiz Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.

Til bayrami munosabati bilan Qo’shtepa tumani hokimligining tashabbusiga muvofiq tumanimizdagi 2-IDUMIda “Til – millat ko’zgusi!” shiori ostida adabiy-badiiy tadbir bo’lib o’tdi. 


Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi, faxriy jurnalist X.Karimova, tuman hokimligi mas'ullari, Xalq ta'limi bo’limining ustoz-murabbiylari va o’quvchilari ishtirok etdilar. 


Tadbirda tuman hokimi so’z olib, tadbir ishtirokchilarini “O’zbek tili bayrami kuni” bilan tabriklab, bir guruh faol ustozlar hamda o’quvchilarga “Faxriy yorliq” hamda qimmatbaho sovg’alarni topshirdi


Tadbirda o’zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro’-e'tiborini tubdan oshirish, unib-o’sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug’ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, Ona tiliga e'tiborni, mehr-muhabbatni kuchaytirish, tilimizni mukammal bilishga, milliy o’zlikni anglashga, qadriyatlarni e'zozlashga o’rgatish, Ona tili millat ma'naviyatining ko’zgusi ekanligi e'tirof etildi.


Tuman madaniyat bo’limining xushovoz xonandalari va maktab o’quvchilari ijrosida yangragan mumtoz navolar tadbirga yanada shukuh bag’ishladi.


Shuningdek, bugun tuman hokimi I.Novikov 2-IDUMIdagi kutubxonada bo’lib, Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar taqdimotida ishtirok etdi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari tuman hokimi hamda tadbir qatnashchilariga oxirgi paytda chop etilgan yangi badiiy adabiyotlar ko’rgazmasini taqdim etdilar. Qatnashchilarga Axborot-kutubxona markazidagi kitoblar fondi, kutubxonaga a'zolar bo’yicha ma'lumot berib o’tdilar. Tuman hokimi kutubxonaga o’quvchilarni yana-da ko’proq jalb qilish yuzasidan kerakli tavsiyalarni berib o’tdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram