Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPADA “RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR” O’QUV MARKAZI OCHILDI
2021-10-06 15:21:05 166
Qo’shtepa tumanida muhtaram yurtboshimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida barcha talablarga mos zamoviy “Raqamli texnologiyalar o’quv markazi” ochildi.
Unda tuman hokimi I.Novikov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, shuningdek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining mutassaddilari va o’quvchi yoshlar ishtirok etishdi.
Ushbu markaz yoshlarning bo’sh vaqtini unumli o’tkazish, ularni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish ko’nikmalarini oshirishga ko’mak beradi. Markaz kompyuterlar va zarur jihozlar, Wi-Fi hududi bilan ta'minlanib, endilikda unda tuman yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat kabi yo’nalishlarda bilim va ko’nikmalar beriladi.
Qo’shtepa tumani hokimligi