Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-08-03 18:22:01    92

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiya a'zolarini o’qitish maqsadida sektor shtablarida tashkil etilgan o’quv xonalarini jixozlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Mas'ul rahbarlarga tinglovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirokida Nurafshon mahalla fuqarolar yig’ini binosida Nurafshon va Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’inlari, 49-umumta'lim maktabida Eshonguzar va Balandmasjid mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari, shuningdek, mas'ul rahbarlar ishtirokida tumanda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 7-umumta'lim maktabida bo’lgan sektor rahbari muassasada “Investitsiya” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari fermer xo’jaliklari tomonidan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganib, mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga o’zining tegishli ko’rsatmalarini berdi. Shuningdek, paxta maydonlarida faoliyat olib borayotgan ishchilarga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram