Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1-SEKTOR XABARLARI

×

 2021-06-02 22:29:27    92

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 7-umumta'lim maktabida bo’lib, “Investitsiya dasturi” asosida muassasada olib borilayotgan qurilish ta'mirlash ishlari bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga qurilish ta'mirlash ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan sektor hududidagi saylov uchastkalarida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganilib, saylov uchastkalarida olib borilgan xatlov natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan “Kichik sanoat zonasi”da faoliyat ko’rsatib kelayotgan sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tadbirkorlarga faoliyatlarini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’z takliflarini berdi.

Tuman rahbari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash hamda ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorllikka yo’naltirish va kasb-hunar o’rgatish orqali daftardan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


Bugun tuman hokimi rahbarligida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining qirqinchi sessiyasi o’tkazildi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6017-son Farmoni ijrosi yuzasidan hududlarda yoshlar muammolarini o’rganib borilishi, ularning hal etilishi, yosh avlodning iste'dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha sharoitlar yaratilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da viloyatda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan tasdiqlangan viloyat Davlat dasturini 2021 yilning besh oyi (jumladan may oyi davomida) davridagi ijrosi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo’llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5938-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko’rilayotgan ta'sirchan chora-tadbirlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4498-sonli qarori ijrosi, tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ro’yxatdan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda bir qator masalalar ko’rib chiqildi va tegishli sessiya qarorlari qabul qilindi.


Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilayotgan g’alla o’rimi mavsumiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dala sharoitida mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga g’alla o’rimi mavsumida ishtirok etuvchi mexanizatorlarga qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan pilla hosilini yig’ish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganilib, tuman hokimi tomonidan yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda yig’ishtirib olish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida faoliyat ko’rsatib kelayotgan mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham o’rganilib, paxta maydonlarida mehnat qilayotgan ishchi va mexanizatorlarga issiq ovqat hamda madaniy dam olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram