Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"O’ZIM O’QIGAN MAKTABGA KITOB SOVG’A QILAMAN" AKTSIYASI QO’SHTEPADA DAVOM ETMOQDA

×

 2021-04-08 21:59:04    93

PDF yuklash
Chop etish



Aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini yuksak pog’onaga ko’tarish, badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targ’ib etish, ularning ongida milliy an'ana va qadriyatlarga nisbatan hurmat-ehtirom xissini kuchaytirish borasida tumanimizda qator tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14-dekabrdagi «2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida»gi 781-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tuman xalq ta'limi bo’limi tomonidan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Kitobxonlikni targ’ib qilish va rivojlantirish hamda kutubxonalar fondini zarur adabiyotlar bilan to’ldirish maqsadida, "O’zim o’qigan maktabga kitob sovg’a qilaman" aktsiyasi o’tkazilmoqda. 


Aktsiya doirasida tuman xalq ta'limi bo’limi mudiri Zoirjon Tojiboyev o’zi tahsil olgan 46-umumiy o’rta ta'lim maktabi kutubxonasi hamda faol o’quvchilarga kitoblar sovg’a qildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram