Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ESHONGUZAR MAHALLASIDA 3 NAFAR BOLALARNING XATNA TO’YI O’TKAZIB BERILDI

×

 2021-02-28 20:52:50    152

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani Eshonguzar mahalla fuqarolar yig’inidagi saxovatli insonlarning homiyligida uch nafar “Temir daftar”dagi kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining sunnat to’yi o’tkazildi.

Ushbu tadbirda tuman hokimi I.Novikov, 2-sektor rahbari, tuman prokurori M.Shomurodov va Qo’shtepa tumani bosh imom xatibi A.Axmadaliyevlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan tuman hokimi I.Novikov mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash, ularning hayotdan rozi bo’lib yashashini ta'minlash, jamiyatda o’zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag’rikenglik hamda xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar olib borilayotganini ta'kidladi.


Xatna to’yi munosabati bilan to’y bolalar Tursunov Madumar To’lqin o’g’li, Tursunov Muhammadqodir Shavkatjon o’g’li, Qosimov Shuhrat Shoyad o’g’li va ularning oila a'zolari va mahalladagi nuroniylar ishtirokida kichik ziyofat dasturxoni tashkil qilindi. Shuningdek, to’y bolalarga tadbir tashkilotchilari va homiylarning qimmatbaho sovg’alari, velosipedlar va sarpolar topshirildi.

Kam ta'minlangan oilalar farzandlari bo’lgan bolalarning sunnat to’ylari milliy an'analarimiz asosida o’tkazilgani barchaga quvonch hadya etdi, to’y bolalar va ularning ota-onalari qutlovlardan mamnun bo’lib, o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram