Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XATLOV ISHLARI OLIB BORILDI

×

 2020-11-11 16:11:22    219

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimligining tashabbusi bilan tuman Statistika bo’limi, tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo’limi xodimlari ishtirokida  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan  joriy yil 15 oktyabrda o’tkazilgan "Kadastr sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi videoselektorida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan, tumandagi "Fayz" mahalla fuqarolar yig’ini hududida xatlov ishlari amalga oshirildi. Xatlov jarayonida mahalla hududidagi barcha geografik ob'yektlar, ko’chalar, peshlavhalar hamda xonadonlarga o’rnatilgan tartib raqamlari o’rganildi.

“Fayz” mahalla fuqarolar yig’inida 5 ta ko’cha mavjud bo’lib, mazkur ko’chalar tuman hokimining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan. Ko’cha nomlari yozilgan peshlavhalar xonadonlar peshtoqiga o’rnatilgan. Xonadonlar to’liq tartib raqamlar bilan ta'minlangan.

Bunday o’rganishlar aholini ro’yxatga olish ishlarida, mahallalardagi xonadonlarni aniq bir davlat reyestriga kiritishda, yagona milliy reyestrda aniq bir ma'lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi.

U.Xolmatov,

tuman hokimining maslahatchisi.