Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI I.NOVIKOVNING BAYRAM TABRIGI

×

 2020-11-07 10:08:50    182

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, qadrli shifokorlar va tibbiyot sohasining fidoyilari!

Azaldan o’zining bilimi, iste'dod va mahorati, ko’z nuri va butun borlig’ini insonlar salomatligini saqlashdek zahmatli va ezgu ishga bag’ishlagan Sizdek sahovatli kasb egalarini “Tibbiyot xodimlari kuni” - kasb bayramingiz munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysizlar.

Insoniyat paydo bo’libdiki, dardga chalinganda, xastalik xurujlarida, avvalo Siz azizlardan najot kutadilar, dardlariga davo istaydilar.

Insonlar o’zlariga ham, yaqinlariga ham Yaratgandan birinchi tilaklari sog’lik bo’lib, o’zaro duch kelishganda ham dastlab sog’lik so’raladi.

Shifokor kasbi sharafli, mehnati esa ulug’dir! Siz kabi jonkuyar shifokorlar mehnati ila insonlarning hayoti asraladi, salomatligi mustahkamlanadi.

Qadrli shifokorlar, hurmatli tibbiyot xodimlari!

Kasbingizda sharaf va mas'uliyat birdek ekanligi bois jamiyat hayotidagi beqiyos o’rningizni e'tirof etgan holda Siz azizlarni “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami bilan yana bir bor muborakbod etib, mehnat jamoalaringiz va xonadonlaringizga tinchlik-totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka, salomatlik yo’lidagi mashaqqatli faoliyatingizda kuch va shijoat tilayman.

Hurmatingiz doim baland, sog’ligingiz hamisha mustahkam bo’lsin! Kasb bayramingiz muborak bo’lsin aziz shifokorlar!