Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Navbatdagi qabul tashkil etildi

×

 2020-09-29 16:32:45    125

PDF yuklash
Chop etish


Har bir murojaat - e'tiborda!

Haftaning har seshanba kuni Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o’tkazib kelinmoqda.

Karantin qoidalariga to’liq rioya qilingan holda o’tkazilgan bugungi qabulda ham tuman hokimi I.Novikov fuqarolarning murojaatlarini birma-bir tingladi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bank, bandlik, tadbirkorlik, kadastr bilan bog’liq va shu kabi boshqa masalalarga oid 25 dan ziyod murojaatlar ko’rib chiqildi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, yechimi oson bo’lgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati