Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RUHIYATIMIZGA SINGGAN SO’ZLAR... YOKI AYRIM SO’ZLARNI O’ZBEKCHA TALQINIDA TALAFFUZ QILISHGA BIZDA XOHISH, IRODA TOPILMAYAPTIMI?

×

 2020-05-20 12:21:04    123

PDF yuklash
Chop etish


Jonajon tilimizni rivojlantirish, davlat tilida ish yuritishni tashkil etish, ayni kunlarda juda ko’p muhokamalarga sabab bo’lmoqda.  Televideniye, bosma nashrlarda va ijtimoiy tarmoqlarda ko’p chiqishlar, maqola va ko’rsatuvlar tayyorlandi. Hozir ham mazkur jarayon muhokamasi davom etmoqda. Lekin amalda tilimiz, ya'ni o’zbek tilini milliy qadriyat sifatida, davlat ramzlari qatorida muqaddas bilib, uni ardoqlash borasida ayrim fuqarolarimiz o’zlarida kuch topa olmayapti.

Hududlardagi savdo do’konlarining peshlavhalaridagi yozuvlar fuqarolarimizning ruhiyatiga shunchalik singib ketganki, u so’zlarni o’zbekcha talqinida talaffuz qilishga xohish, iroda topilmayapti. Buning oqibatida rusiyzabon so’zlar aholi o’rtasida ommalashib ketgan.

Hozirgi kunda yurtimizda harakatlanayotgan avtomobillar soni ortganligi sababli, ularga xizmat ko’rsatuvchi sub'yektlar ham ko’paygan. Bunga, peshlavhasida “AVTOMOYKA” so’zi yozilgan avtomobillar yuvish joylari misol bo’la oladi. “Moyka” so’zi, bugun avtomobilga egalik qiluvchi har bir fuqaroning kundalik atamasiga aylanib qolgan. Bu birgina misol, tilimizga yot bo’lgan bunday so’zlarni ko’plab sanab o’tsa bo’ladi (balansirovka, zamena masla, zapchast, xodovoy, kuzov remont va h.k.) Hududlarda tashqi reklama yozuvlarini davlat tiliga mos talqinda yozilishi yuzasidan monitoring o’tkazilganda, aksariyat avtomobillar yuvish faoliyati bilan shug’ullanuvchi shahobchalar peshlavhasida “AVTOMOYKA” so’zi o’rnatilgan.  Shahobcha egalari bilan gaplashilganda, “AVTOMOYKA” so’zi o’zbekcha so’zku deb, o’zini ishontirgani kishini hayratlantiradi.

Shu ma'noda, hukumatimizning “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni tashkil qilish to’g’risida” gi 34-sonli qarori bilan belgilangan, davlat organlari va xo’jalik yurituvchi sub'yektlar rahbarlarining davlat tilida ish yuritishni ta'minlash bo’yicha maslahatchilarining zimmasiga katta mas'uliyat yuklatilgan.

O’z xizmat majburiyatlarimizdan kelib chiqib, hududimizdagi davlat organlari, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan foydalanilayotgan, davlat tiliga zid bo’lgan so’z va atamalarni tilimizdan siqib chiqarishimizga metin iroda va mas'uliyat bilan qattiq kurashmog’imiz kerak. Zero, yurtdoshlarimizning ruhiyatiga singib ketgan yuqoridagi kabi yot atamalar vaqtlar o’tib unutilib, jonajon tilimizdagi so’z va atamalar ularning o’rnini egallasa ajab emas. Kelajak avlodga muqaddas ona tilimizni sof va pokiza holda qoldirish, jonajon O’zbekistonda yashayotgan har bir o’zbek millatining burchidir.

Mana shu mas'uliyatli burchni ado etishni yoddan chiqarmaylik!  

      U. Xolmatov,

Qo’shtepa tumani hokimining ma'naviy-ma'rifiy

ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili

to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etish

masalalari bo’yicha maslahatchisi.