Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SAXOVAT VA KO’MAK” - INSONPARVARLIK NAMUNASI

×

 2020-05-16 20:48:39    143

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati doirasida Qo’shtepa tumanida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanda hozirgi pandemiya sharoitida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mahallalarda vaqtincha ishlamayotgan va yordamga muhtoj oilalar aniqlanib, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va ehtiyoj uchun zarur bo’lgan boshqa mahsulotlar bilan ta'minlash ko’lami yanada kengaytirilib, shunday ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining yashash sharoitlarini yaxshilashga amaliy yordam ko’rsatilmoqda.

Bugun tuman hokimi I. Novikovning tashabbusi bilan “Mahalla” xayriya jamoad fondi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko’mak umumxalq xarakati jamg’armasi” markazi tomonidan sektorlar kesimida 22 ta mahalla fuqarolar yig’inidagi 51 ta ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olindi. Ularga un, yog’, guruch, go’sht, makaron, tuxum, shakar, kartoshka kabi 12 turdagi mahsulotlar to’plami tarqatildi.

Tuman hokimi I. Novikov 1 sektor hududidagi Qayrag’och, Yo’ldoshobod, Oqtepa, G’ishtmon, Istiqbol mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, karantin  tufayli ishsiz qolgan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning xonadonlarida bo’ldi. Ularni qiynayotgan muammolarni o’rganib, yordam berish choralarini ko’rish bilan birga, ularga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasini tarqatdi. Shuningdek, muhtoj oilalarni moddiy qo’llab-quvvatlash va aholi bandligini ta'minlash masalalarida soha mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berildi. Karantin sabab vaqtincha ishsiz qolgan va hyech qayerda ishlamaydigan fuqarolarga tuman hokimi tomonidan ishga joylashga ko’maklashildi.

  Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati