Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BARCHA OILA BAXTLI BO’LSIN!

×

 2020-05-15 17:19:44    145

PDF yuklash
Chop etish


Dunyoda bayramlar ko’p, lekin ular orasida shunday kun borki, u barchamiz uchun eng aziz va mo’'tabar bo’lgan oila qo’rg’onimizni nishonlash kunidir.

Oila inson uchun muqaddas va ulug’ dargohdir. Inson ana shu dargohda tug’iladi, o’sadi, unadi, voyaga yetadi. Oilani mamlakatning kichik bir mo’'tabar parchasi, deb qiyoslash mumkin.

Jahon xalqlari kabi O’zbekistonda ham 15-may - Xalqaro Oila kuni bayram sifatida nishonlanadi. BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrida bo’lib o’tgan yig’ilishida 1994 yildan boshlab, har yili 15 may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishonlashga qaror qilingan. Maqsad - bashariyat diqqatini inson o’z umrini o’tkazadigan, o’z orzu-umidlari, baxtu saodati topadigan maskan - oila mustahkam bo’lishiga qaratishdir.

Bu yilgi Xalqaro Oila kuni Qo’shtepa tumanida o’zgacha ruhda bo’lib o’tdi. Koronavirus pandemiyasi sabab ushbu bayram tumanimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig’inida noan'anaviy tarzda o’tkazildi. Yig’in binolari bayramona bezatildi. Ertalab  radiouzel orqali davlat madhiyasi yangradi. Undan so’ng mahalla fuqarolar yig’inining mas'ullari va faollari tomonidan radiouzel orqali tabrik yo’llandi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati