Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Men shaxsan o‘zim ovoz beraman” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

×

 2019-11-04 10:44:51    179

PDF yuklash
Chop etish


Saylovchilarning saylov jarayonida faolligini oshirish, siyosiy bilim darajasini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarini yanada faollashtirish maqsadida, 2019 yilning 20 oktyabridan 20 noyabrigacha o‘tkazilayotgan Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi tadbirlarida aholining keng qatlamlari, jumladan, xotin-qizlar, yoshlar, ayniqsa, saylovlarda birinchi marta ovoz beradigan fuqarolar, nuroniylar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, harbiy xizmatchilar - mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millatlar vakillari faol ishtirok etmoqda.

Qo‘shtepa tumanidagi 2-iqtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati faollar zalida “Men shaxsan o‘zim ovoz beraman!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 109-Qo‘shtepa saylov okrugi komissiyasi, viloyat va tuman saylov komissiyasi aʼzolari, tuman adliya va oila markazi xodimlari hamda faol xotin-qizlar ishtirok etdi.


Tadbir davomida maʼruzachilar saylov jarayonida ochiqlik va oshkoralik prinsiplarini mustahkamlash maqsadida saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar, shuningdek, jamiyatni yanada yangilash va demokratlashtirish fuqarolar saylov huquqi amalga oshirilishi bilan uzviy bog‘liqligi, ayniqsa bu borada yoshlarning saylov kompaniyasida faol ishtirokini taʼminlash muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdilar.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda viloyat saylov komissiyasining mutaxassislari tomonidan saylovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.