Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR YUZASIDAN BRIFING O‘TKAZILDI

×

 2023-01-25 12:55:53    84

PDF yuklash
Chop etish



Korruptsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalq orasida norozilik kayfiyati kuchayishiga olib keladi. Davlat va jamiyatda sog‘lom muhitning qaror topishi, barqarorligi, tinchligi va taraqqiyoti uchun xavf soladi. Shu boisdan ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biridir.

Bugun, Qo‘shtepa tumani hokimligi majlislar zalida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar, shuningdek, “Ochiq, shaffof va hisobdor hudud” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda ularning natijadorligi yuzasidan o‘tkazilgan brifingda shular haqida so‘z yuritildi. 

Brifing tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Ilxomjon Ishankulov hamda tuman prokurorining katta yordamchisi Elyorjon Shermatovlar ishtirokida o‘tkazildi.

Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Brifingda tuman IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, podpolkovnik Ilxomjon Ishankulov korruptsiyaga qarshi kurashish borasida tumanda olib borilayotgan ishlar (tadbirlar), shuningdek, “Ochiq, shaffof va hisobdor hudud” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda ularning natijadorligi yuzasidan batafil ma’lumot berdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram