Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA “KEKSALAR HAFTALIGI” KO‘TARINKI RUHDA O‘TMOQDA

×

 2022-10-07 15:42:52    111

PDF yuklash
Chop etish



“Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida shu jumladan, Qo‘shtepa tumanida ham “Keksalar haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Haftalik doirasida 20-IDUMning ijodkor o‘quvchilari Shodlik MFY, Mevazor ko‘chasida istiqomat qiluvchi 80 yoshni qarshi olgan Ohunova Ominaxon onaning holidan xabar olishdi.

Onaxon suhbat davomida o‘zining hayot yo‘llari va erishgan yutuqlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi. 



Huddi shuningdek, 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodkor o‘quvchilari ham Shahartepa mahallasida istiqomat qiluvchi 90 yoshni qarshi olgan Turg‘unboy ota holidan xabar olishdi.

Kutilmagan tashrifdan Turg‘unboy ota mamnun bo‘lib, duoga qo‘l ochdi va tinch-osuda hayotimizga shukronalik bildirdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram