Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMI ISHTIROKIDA YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

×

 2022-09-14 17:00:02    120

PDF yuklash
Chop etish



Qayrag‘och mahalla fuqarolar yig‘inida “Tuman mahallalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan hududlarda yoshlarga oid dasturlar bilan ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish choralarining samaradorligi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov ishtirok etgan ochiq muloqotda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli idoralarning rahbarlari hamda shu hududda yashayotgan yoshlar qatnashdilar.

Tadbirda avvalo Qayrag‘och mahallasi yoshlar yetakchisi J.Mo‘minov tomonidan hududda yoshlarga oid dasturlar bilan ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish choralarining samaradorligi yuzasidan tashkil etilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, tuman rahbari mahalladagi yoshlarning muammolarini yaqindan o‘rganish maqsadida ular bilan suhbatlashdi.

Yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq muloqotda 9 nafar yoshlar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tuman hokimiga murojaat qilishdi.



Yoshlar tomonidan asosan doimiy ish bilan ta’minlash va boshqa masalalar yuzasidan 9 ta murojaat bildirildi. 6 ta murojaat shu joyning o‘zida o‘zining ijobiy yechimini topdi. Qolgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, bildirilgan murojaatlarni o‘rganib chiqish va ijobiy hal qilish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram