Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DIQQAT, TANLOV!!!

 2022-09-06 14:23:43    211

PDF yuklash
Chop etish


“Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

2022-yil 9-sentyabr kuni Qo‘shtepa tumani “Madaniyat markazi”da maqom ijrochilik san’atiga qiziqishi yuqori bo‘lgan, o‘z iste’dodlarini katta sahnalarda namoyish etishi istagidagi 17-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etishlari uchun taklif etamiz. Tanlov doirasida o‘z iqtidoringizni namoyish eting va maqom san’atining eng yetuk mutaxassislaridan tavsiyalar oling. 

Hakamlar hay’ati tarkibiga maqom san’atining yetuk xonanda va sozandalaridan iborat mutaxassislar hamda professor o‘qituvchilar kiradi.

Tanlov yo‘nalishlari:

Maqom xonandaligi:

- Erkak ovoz

- Ayol ovoz

Maqom ansambli

Maqom cholg‘u ijrochiligi:

- nay, qo‘shnay, surnay ijrochiligi

- chang, qonun ijrochiligi

- qashqar rubobi, ud ijrochiligi

- dutor, tanbur, sato ijrochiligi

- g‘ijjak ijrochiligi

- doira, nog‘ora ijrochiligi

Hujjatlarni taqdim etishga Qo‘shtepa tuman madaniyat bo‘limiga murojaat qiling.

Murojaat uchun telefon: 90-232-88-10, 90-301-05-22