Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA MUSTAQILLIK BAYRAMI TANTANALARI VA XAYR-SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA (FOTO)

×

 2022-08-27 17:59:45    128

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

 Dillarda bayram shukuhi

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida bayram tadbirlari davom etmoqda. Ushbu shodiyona tumanimizdagi barcha mahallalarda ko‘tarinki kayfiyatda, shodmonlikda nishonlanmoqda. Shuning bilan birga xayr-saxovat tadbirlari ham bo‘lib o‘tmoqda. Xususan,  bugun shunday tadbirlardan biri “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “O’qchi saroy” tadbirlar uyida o‘tkazildi.

Tuman hokimligi, tuman mahalla xayriya jamoat fondi hamda “O’qchi saxovati”ning tashabbusi bilan mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarning 9 nafar farzandlari uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Tantanada tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, mahalla va xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi B.Yo‘lbarsov, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli idoralarning rahbarlari, nuroniy otaxon va onaxonlar, shuningdek, to‘y bolalarning yaqin insonlari ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov so‘z olib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan qutlab, to‘y bolalarni va ularning oila a’zolarini bugungi shodiyona kun bilan tabrikladi.

Xatna to‘yini nishonlanayotgan bolajonlarga velosipedlar sovg‘a qilinib, esdalik sovg‘alari ulashildi.

– Bugun, farzandim Fayzullo va bizning oila a’zolarimizni quvonchimiz cheksiz. Oilamizda moddiy tomondan qiyinchilik bo‘layotganligi tufayli farzandimga sunnat to‘yi qila olmayotgan edik. Mana, boshqa bolalar qatori mening farzandimni ham sunnat to‘yi o‘tkazilmoqda. Shunday xayrli ishni boshida turgan avvalo yurtboshimizga, qolaversa, barcha tashkilotchilar va xomiylarga mingdan-ming rahmat aytamiz – deydi, O’qchi mahallasida yashovchi N.Artiqova.

Darhaqiqat, bugun aytilgan barcha ezgu tilaklar, yaxshi niyatlar, chiroyli duolar, go‘zal kuy va qo‘shiqlar to‘y bolalarga ataldi. Albatta bu kun ular uchun unitilmas kun bo‘ldi.




















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram