Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O’TKAZILDI
2022-01-10 13:50:03 119
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar hamda xorijiy investorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida Qo‘shtepa tumanida an’anaviy tarzda haftaning har dushanba kuni “Tadbirkorlar qabuli” o‘tkazib kelinmoqda.
Bugungi qabulda ishtirok etgan tadbirkorlarning murojaatlari tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Yunusov tomonidan birma-bir tinglandi.
Qabul davomida ishtirok etgan tadbirkorlarning murojaatlarini hal etish yuzasidan soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.