Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI SESSIYA BO’LIB O’TDI
2022-01-06 18:01:33 90
Bugun tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining qirq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishini xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Sharopov olib bordi.
Sessiya kun tartibiga bitta masala, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 14 dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan video selektor yig‘ilishining 55-sonli bayoni ijrosini Qo‘shtepa tumanida ta’minlash to‘g‘risida” gi masala ko‘rib chiqildi.
“Qo‘shtepa tumanining 2022 yilgi xizmatlar sohasini rivojlantirish Dasturi”ning muhokamasi va tasdig‘i yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Yunusovning axboroti tinglandi.
Sessiya davomida muzokara uchun so‘z olganlar kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Shuningdek, ko‘rilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi va sessiya o‘z ishini yakunladi.