Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-11-26 15:59:42    95

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaroning “Elektr va gaz o‘chmaydi degan va’dalar qayerda qoldi?” deb nomlangan video murojaati tarqatildi.

Ushbu murojaatda: “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidan murojaat qilyapmiz. Gaz juda pasayib ketgan. Chiroq ham ko‘p o‘chyapti. Gaz va elektr ta’minotini yaxshilab berishlarini so‘raymiz” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu murojaat “Hududgaz” Farg‘ona filiali mas’uliyati cheklangan jamiyati Qo‘shtepa tumani bo‘limi va tuman elektr ta’minoti korxonasi mutasaddilari tomonidan joyiga borib, murojaatchi ishtirokida o‘rganildi.

Murojaat Baland masjid mahalla fuqarolar yig‘ini, Navro‘z ko‘chasi, 12-uyda yashovchi Moxigul Abdullayeva tomonidan yo‘llangan bo‘lib, mas’ul idoralarning mutasaddilari murojaatchi bilan suhbat o‘tkazib, xolat bo‘yicha izoh berdilar.

Ob-havoning sovushi munosabati bilan Navro‘z ko‘chasida ma’lum muddat gaz bosimi pasayib ketgan. Lekin, oradan uch kun o‘tib, tabiiy gaz qoniqarli darajaga kelgan. Murojaatchi Moxigul Abdullayeva ham hozirda xonadonidagi tabiiy gazni qoniqarli xolatda ekanligini tasdiqlagan.

Moxigul Abdullayevaning xonadoni PS”Satkak” 110/35/10 kVdan chiquvchi “Sarmozor” 10 kV uzatmasidagi TP-82/100 kVAdan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

 “Sarmozor” uzatmasida energotizimda quvvat tanqisligi vaqtlarida cheklov kiritilishi sababli uzilishlar bo‘lgan. 23 noyabr kunidan tumandagi baracha uzatmalarda cheklov joriy etish bekor qilinib, shu kundan uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram