Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“SIYOSIY MA'RIFAT SOATI” BO’LIB O’TDI
2021-11-26 10:49:59 91
Bugun, 26 noyabr kuni Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, barcha tuman va shahar hokimliklari xodimlari uchun videokonferentsiya shaklida siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.
Siyosiy ma’rifat soati O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etib kelinmoqda.
Haftaning har juma kunlari tashkil etilayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”da Qo‘shtepa tumani hokimligi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Siyosiy-ma’rifiy soatlarda spikerlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga to‘xtalib o‘tmoqdalar.