Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM YORDAMCHISI” LAVOZIMIGA NOMZODLAR BILAN SUHBAT BO’LIB O’TDI

×

 2021-11-13 15:51:25    175

PDF yuklash
Chop etish



Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligidan U.Yarbekov, Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari A.O’rinboyevlar rahbarligidagi ishchi guruhi Qo‘shtepa tumaniga tashrif buyurib, tuman hokimi I.Novikov ishtirokida tumandagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga hokim yordamchisi lavozimiga tanlab olingan 65 nafardan ziyod nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi.


Suhbat davomida yangi tashkil etilgan hokim yordamchilarining asosiy vazifalari, kundalik ish tartibi, mehnat sharoitlari haqida so‘z yuritildi. 




Ishtirokchilarning har biri bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ularning salohiyati, bilim va ko‘nikmalari ham baholandi.





Shuni takidlash joizki, bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonlari Prezidentimizning “Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi asosida tashkil etildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram