Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“O’QCHI” MAHALLASIDA ICHKI YO’LLAR TA'MIRLANMOQDA
2021-10-08 20:12:51 98
Qo’shtepa tumanida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar bilan bir qatorda mahallalarda ichki yo’llarini ta'mirlash bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalardan kelib chiqib, ichki yo’llarda ham shag’allashtirish hamda asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunda Qo’shtepa tumani yo’llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan “O’qchi” mahallasidagi ichki yo’llarda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mahalla hududidagi Chinros ko’chasiga shag’al to’kib, tekislandi.
Yangi Farg’ona ko’chasida esa asfalt qoplama yotqizish ishlari davom etmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi