Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-09-27 20:40:10    107

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil 23 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e’lon qilindi.

Murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Dehqonobod QFYdan yozmoqdamiz. Sihatgoh ko‘chasidan oqib o‘tgan katta ariq yillar davomida qarovsiz qolmoqda. 3 ta qishloq axolisi tomorqasini sug‘ora olmayapti. Ariq bo‘yiga o‘zboshimchalik bilan daraxtlar ham ekilgan. Ariq tozalanib katta soyga ulansa bas, suvdan qiyinchilik bo‘lmaydi...” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu tanqidiy murojaat Qo‘shtepa tumani irrigasiya bo‘limi mutaxassislari va “Dehqonobod” MFY raisi X.Sidiqovlar ishtirokida o‘rganildi.

Murojaatda “Sihatgoh” ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ichki ariq tilga olingan bo‘lib, ushbu ariq mahallada o‘tkazilgan hasharlarda tozalanib kelingan. Shuningdek, fuqarolar tomonidan har xil turdagi daraxtlar ariqning ikki chetiga ekib tashlangan.


Tanqidda tilga olingan muammoni bartaraf etish uchun eng avvalo fuqarolar tomonidan ekilgan daraxtlarni olib tashlanishi, suvning ravon yurishi uchun qayta hashar o‘tkazish kerakligi yuzasidan “Sihatgoh” ko‘chasida istiqomat qiluvchilarga tushuntirish berilganligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram