Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2021-09-24 09:14:16 92
Qo‘shtepa tumanidagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda targ‘ibotchilar guruhi a’zolari hamkorlikda oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta’minlash, ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish, nomurosa oilalarning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam berish, xotin-qizlarni kiyinish va muomala madaniyatida milliylikni targ‘ib qilish, xonadon va mahallalarni obodonlashtirish masalalarida xonadonlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda targ‘ibot va polfilaktik tadbirlarni davom ettirmoqdalar. Bu tadbirlar tumanimizdagi barcha mahallalarda olib borilmoqda.
Targ‘ibot ishlarida hamda oilalar mustahkamligini ta’minlashda faollik ko‘rsatayotgan otinoyilarimiz milliy boyligimiz bo‘lgan paxta yig‘im terimida ham tashabbus bilan chiqib, tumanimizning paxta xirmonlarini yuksalishida o‘zlarining munosib xissalarini qo‘shmoqdalar.
48 nafar otinoyilar kecha “Qumtepa Qamishtepa” MMTP hududidagi “Hayotjon Ismoiljon” fermer xo‘jaligida paxta terdilar. Tuman hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova paxta dalarida bo‘lib ko‘ngilli otinoyilarga esdalik sovg‘alarini ulashdi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi